Toshkentning Yashnobod tumanida yotoqxona binosida joylashgan kafe yonib ketdi
14-iyun kuni kunning ikkinchi yarmida Toshkentning Yashnobod tumani Lisunov 1a dahasidagi “Buxoro” kafesida yong‘in yuz berdi, deb yozadi “Anons.uz”.
Nashrga yong‘in xizmati bergan xabarga ko‘ra, kafe 15:39 da yona boshlagan. Dastlabki ma’lumotlar olov chiqishiga maishiy gazga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lish sabab bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Yong‘in natijasida qurbon bo‘lganlar va jabrlanganlar yo‘q.
Yong‘in guvohlari ijtimoiy tarmoqlarga hodisa joyidan olingan suratlarni joyladi. Ular aytishicha, alanga kafe joylashgan to‘qqiz qavatli yotoqxona binosining ikkinchi qavatiga ham chiqqan. Uyda yashovchilar vahima ichida ko‘chaga yugurib chiqqan.