“Istiqlol” san’at saroyi yaqinida Nexia yonib ketdi
Kecha, 25-dekabr kuni Toshkentdagi "Istiqlol” san’at saroyi
yonida joylashgan tunnelda avtohalokat sodir bo‘ldi.
Halokat aks
etgan suratlar Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirildi. Izohlardan ma’lum
bo‘lishicha, Nexia rusumidagi avtomobilda simlardagi nosozliklar tufayli
yong‘in yuzaga kelgan. Haydovchi yong‘inga mashinasida mavjud bo‘lgan o‘t
o‘chirish moslamasi yordamida barham berishga uringan, biroq alanga kuchayib
ketavergan.
Rasmda
keyinroq o‘t o‘chirish xizmati xodimlari yetib kelgani va olovni o‘chirganini
ko‘rish mumkin.
Ushbu
yong‘inga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari turli fikrlar bildirdi. Ulardan
biri: "Nahotki simlardagi nosozlik tufayli har qanday mashina yonib ketaversa?”
— deya taajjublangan bo‘lsa, yana biri bunday holatga haydovchining o‘zi sabab
bo‘lishini ta’kidlab, avtomobilchilarni ogohlikka chaqirgan.