Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Facebook saytda xato topgan dasturchiga 33 ming dollar to‘ladi

Rejinaldo Silvaga Facebook’da topgan xatolik uchun to‘langan pul kompaniya tarixidagi eng katta mukofot bo‘ldi. Bu haqda The Next Web ma’lumotiga tayanib, TJournal xabar berdi. Facebook braziliyalik dasturchiga 33 500 AQSh dollari to‘ladi.

Fosh bo‘lgan xato Facebook’ka muammo olib kelishi mumkin edi. XML-kodda yovuz niyatli odamlar ijtimoiy tarmoqda saqlanayotgan deyarli istalgan faylga kirish imkoniga ega bo‘lar edi.

Kompaniya vakillari Silvadan xatolik haqidagi hisobotni noyabr oyida olgan va uni darhol hal qilgan. Facebook muammoni butunlay bartaraf etgandan so‘ng saytda xato bo‘lgani haqida ochiq ma’lumot berdi.

Bundan avvalgi rekord miqdordagi rag‘batlantiruvchi 20 000 AQSh dollariga teng mukofotni iyunda tarmoqdagi xatoni topgani uchun britaniyalik dasturchi olgan edi. Bu xato yordamida yovuz niyatli kishilar boshqalarning akkauntlarini qo‘lga kiritishi mumkin edi.

Xakerlarga Facebook’da topilgan muammolar to‘g‘risidagi xabar uchun to‘lov dasturi 2011-yil 8-noyabrda ishga tushirilgan. 2013-yil 8-noyabrda kompaniya Microsoft bilan hamkorlikda shunga o‘xshash yana bir loyihani ishlab chiqdi. Bunda arizalar bilan Facebook, Microsoft va Google ko‘ngillilari shug‘ullanadi.

2013-yil 21-avgustda Facebook falastinlik xakerga mukofot puli to‘lashni rad etgan edi. Kompaniya to‘lovdan bosh tortganini xaker o‘zining taxminini real foydalanuvchilarda sinab ko‘rgani bilan izohlagan edi. Vaziyat xakerlar hamjamiyatining e’tiborini jalb etdi va ular yosh yigitga 10 000 AQSh dollari yig‘ib berishdi.



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2890 | Рейтинг: 0| Рейтинг: facebook
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное