"Turkiston” saroyida mazkur "Namunali militsiya tayanch
punkti” ko‘rik-tanlovining 2013-yil natijalari bo‘yicha yakuniy bosqichi bo‘lib
o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar beradi.
Berilgan
ma’lumotga ko‘ra, 2013-yilda 2230 mahallada birorta ham jinoyat sodir etilmadi.
Mamlakatimizdagi
mavjud 3 ming 712 militsiya tayanch punktlarining aksariyati huzurida
fakultativ to‘garaklar, kichik biznes shoxobchalari, voyaga yetmaganlarning
bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun jihozlangan sport maydonchalari faoliyat
yuritayotgani bu borada alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Mazkur
ko‘rik-tanlovning mamlakat bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va
viloyat bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 14 militsiya tayanch punkti ishtirok etdi.
Tanlov
yakuniga ko‘ra, Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Obod turmush mahallasida
joylashgan 147-militsiya tayanch punkti, Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi
Buvaydo mahallasida joylashgan 258-militsiya tayanch punkti, Qashqadaryo
viloyati Qarshi tumanidagi Mirmiron mahallasida joylashgan 44-militsiya tayanch
punkti, Jizzax viloyati Jizzax tumanidagi Uchtepa mahallasida joylashgan 133-militsiya
tayanch punkti birinchi o‘ringa loyiq topildi. G‘oliblarga "Matiz”
avtomobillari topshirildi.
Tanlovda
ikkinchi va uchinchi o‘rinlardan tashqari bir qator nominatsiyalar bo‘yicha ham
g‘oliblar aniqlanib, ular munosib taqdirlandi.