Matiz Rossiyaning eng yaxshi avtomobili deb topildi
Moskvada “Rossiyaning yil avtomobili - 2015” milliy mukofoti taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tanlov 2015 yilning 1 yanvarida start oldi. Sevimli modellar uchun Rossiyaning 85 hududidan 939 ming kishi ovoz berishdi.
«Yil avtomobili» nominatsiyasida mamlakatda rasman sotiladigan 403 ta model ishtirok etdi. Taqdimot marosimida turli nominatsiyalarda 23 ta g‘olib avtomobil aniqlandi.
Avtoishqibozlar yilning eng yaxshi avtomobili sifatida Matiz’ni tanlashdi. Eslatib o‘tamiz, ushbu avtomobil O‘zbekistonda 2001 yilning avgustidan ishlab chiqariladi. 2003 yilning martida Matiz avtomobili Rossiya bozorida «Yil avtomobili» deb tan olindi.