Xitoy oltin zaxiralari hajmi bo‘yicha Rossiyadan o‘zib ketdi
Xitoy hukumati oxirgi 6 yil ichida birinchi marta o‘z oltin zaxiralari bo‘yicha ma’lumotlarni chop etdi. Bu ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyning oltin zaxiralari haqidagi ma’lumot oxirgi marta chop etilgan paytdan boshlab mamlakatning oltin zaxiralari hajmi 57 foizga oshgan, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.
2015 yil iyun oyi yakunlariga ko‘ra, Xitoy Markaziy banki 53,31 mln unsiya oltinga (1658 tonna) ega bo‘lgan. Oltin zaxiralari haqida ma’lumotlar oxirgi marta – 2009 yil may oyida chop etilganda Xitoy 33, 89 mln unsiya oltinga (1054 tonna) ega bo‘lgan.
Shu tariqa Xitoy bu borada Rossiyadan o‘zib, oltin zaxiralari bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinni egalladi. 2015 yilning 1 iyuniga ko‘ra, Rossiyaning oltin zaxiralari hajmi 40,2 mln unsiyani (1250 tonna) tashkil qilgan.