Brent nefti 6 yil ichida ilk bor rekord darajada qimmatladi
Brent toifasidagi neft narxining 10 foizga qimmatlagani so‘nggi olti yildagi rekord daraja sifatida qayd etildi. Bu haqda Bloomberg agentligi ma’lum qildi.
Juma, 28 avgust kuni dunyo bozorlarida aksiyalar narxining ko‘tarilishi va Shell kompaniyasining Nigeriyadagi ikkita neft quvuri ishini to‘xtatgani haqidagi xabarlar neft bahosining ortishiga sabab bo‘ldi.
Toshkent vaqtida bilan 10:00da WTI rusumli neftning bir barreli (158,988 litr) 1 foiz yoki 43,04 dollargacha qimmatladi.
Londonning ICE Futures birjasida oktabr fyuchers shartnomalarida Brent rusumidagi neft 0,6 foizga qimmatlab, bir barreli uchun 47,85 dollar taklif qilindi.
Oltin spot`i ham 0,5 foizga ortib, bir unsiya (28.3495231 gramm)si 1131,05 dollardan baholandi.
Umuman olganda, Bloomberg Commodity xom ashyo mahsulotlari indeksi payshanba, 27 avgust kuni 3 foizga, juma kuni esa 0,4 foizga oshdi.
Ayni paytda Osiyo aksiyalar bozorida ham o‘sish kuzatilmoqda. Jumladan, Shanghai Composite 2 foizga oshdi. Rivojlanayotgan mamlakatlar milliy valyutalari ham o‘z kursini mustahkamladi. Jumladan, koreys voni dollarga nisbatan 0,8 foizga qimmatlagan.