Rossiyada dollar narxi yana 70 rublgacha ko‘tarildi
Rubl neft bozorining sust dinamikasi ortida o‘z mavqeini yo‘qotishda davom etmoqda: dollar 3,5 oy ichidagi o‘zining eng maksimal qiymati – 70 rublga ko‘tarildi, yevro narxi esa 77 rublga yetdi.
Dollar kursi 11 dekabrda 0,77 rublga, ya’ni 69,91 rublgacha ko‘tarildi.
Brent markasidagi neftning bir barreli 38,5 dollardan sotilmoqda hamda 2009 yil boshidan minimum ko‘rsatkichiga yaqinlashib qoldi.