Moskva birjasida yevro va dollarning kursi sezilarli ravishda pasaydi
Dunyo kapital bozorida neft narxining sezilarli ravishda o‘sishi natijasida Moskva birjasidagi yevro va dollarning kursi sezilarli ravishda pasayib ketdi. Bu haqda «Interfaks» axborot agentligi xabar tarqatmoqda.
Bozorda dollarning kursi 65,62-65,97 rubl diapazonida aylanmoqda. O‘rtacha kurs miqdori 65,8 rublni tashkil qilmoqda. Bu avvalgi ko‘rsatkichdan 21 kopeykaga kamroq degani.
Yevro kursi avvalgi kursga nisbatan 22 kopeykaga kamayib, 73,84 rublni tashkil qilmoqda.