Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda dollar yuqorilab, rubl va yevro narxi tushdi


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 27 noyabr kunidan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, bir AQSh dollari 8299 so‘m 20 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi ko‘rsatkichga nisbatan 21 so‘m 67 tiyinga qimmatladi.

Evro kursi esa 39 so‘m 99 tiyinga arzonlab, 1 yevro 9411 so‘m 29 tiyinni tashkil etdi.

1 Rossiya rubli narxi 125 so‘m 39 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftaga nisbatan 17 tiyinga arzonladi.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3548 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yuqorilab, O‘zbekiston, yevro, rubl, narxi tushdi, dollar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное