Arzonlashayotgan neft ortida Moskva birjasida 5 fevraldan beri ilk bor dollarning kursi 69 rublga yetdi, yevro kursi 78 rubldan oshib ketdi.
Shu tariqa, 21 avgust kuni dollar narxi 1,12 rublga oshib, 69,07 rublni tashkil qildi, yevro kursi 2,11 rublga oshib, 78,49 rublni tashkil qildi.
WTI turidagi neft narxi Nyu-York xom ashyo birjasida 21 avgust kuni mahalliy vaqt bilan 13:00da bir barreli uchun 40 dollarga tushdi. Bir soat o‘tib 39,97 dollarga, ya’ni savdolar boshidan 1,35 dollar yoki 3,27 foizga – oxirgi 6 yil ichidagi eng past darajaga tushib ketgan.