2040 yilga kelib Saudiya Arabistoni neftdan voz kechishi mumkin
2040 yilga kelib Saudiya Arabistoni neftdan voz kechishi mumkin. Bu haqda neft vaziri Ali al-Naimiyga tayangan holda The Financial Times nashri yozmoqda.
Naimiy Parijdagi iqlimiy o‘zgarishlar bo‘yicha konferensiyada chiqish qilar ekan, ko‘rsatilgan davrga kelib Saudiya quyosh va shamol energiyasiga o‘tishini ma’lum qildi.
Vazir kelajakda qirollik foydali qazilmalarni emas, elektr quvvatini eksport qilishiga umid bildirdi. Shuningdek, u hozirgi kunda jahonda 1 mlrd kishi elektr quvvatidan mahrum ekanligini ta’kidlab o‘tdi.