Abdulloh ibn Abdul-Azи́z Al Saу́d 1924 yil, 1-avgustda Er-Riyod shahrida tavallud topgan. U Saudiya Arabistonining birinchi qiroli Abdul-Aziz va uning sakkizinchi raqifasi Faxdaning o‘g‘li. 1982-2005 yillarda, merosxo‘r shahzoda, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari. 2005 yildan esa Saudiya Arabistonining oltinchi qiroli.
Monarxning shaxsiy mablag‘ini Forbes 2013 yil bo‘yicha 18 milliard dollar deb baholadi. Uning boyligini ko‘rsatuvchi fakt: qirol shaxsan o‘zi mamlakat poytaxtida metro qurilishini moliyalashtirni rejalashtirildi. Bu metroning eng shov-shuvli jihati shundaki, uning bekatlari oltin bo‘laklar bilan bezatiladi!
U joriy yilning 23-yanvarida pnevmoniya tashxisi bilan uch haftalik shifoxonada davolanishi chog‘ida vafot etdi. Umri davomida 30 marta uylangan qiroldan 7 o‘g‘il va 15 qiz farzandlar qoldi.