Gollivudning eng ko‘zga ko‘ringan aktrisalaridan biri bo‘lmish Juliya Robertsning onasi Betti Lu Mouts o‘pka saratoni kasalligi tufayli olamdan o‘tdi. Bu haqda spletnik.ru xabar beradi.
80 yoshni qarshi olgan ayol Kaliforniya shtatidagi St John's Health tibbiyot markazida vafot etgan. Eslatib o‘tamiz, Juliya Robertsning otasi ham oshqozon saratoni kasalligi tufayli aktrisaning 10 yoshlik vaqtida dunyodan o‘tgan.