O‘lim haq. Har bir bandaning boshida bor. Internetda yashin tezligida tarqalgan kechagi xabar esa millionlab insonlarni chuqur qayg‘uga soldi. Bu qayg‘uni so‘z bilan ifoda etib bo‘lmaydi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ilmiy merosi uning haqiga abadiy duolar yog‘ilishiga sabab bo‘lajak!
Ulug‘ ustozning oila a’zolariga, yaqinlariga, shogirdlariga va unga nisbatan chuqur hurmatda bo‘lgan barcha insonlarga ta’ziya bildiramiz.
Shayx hazratlarining yashagan umri va vafoti katta ibrat bo‘ldi. Umrini ilmga bag‘ishlagan ustozni so‘ngi manzilga yuksak hurmat bilan kuzatdilar. To‘g‘ri, u endi oramizda jisman yo‘q. Biroq, yozgan kitoblari, beqiyos asarlari orqali yaralgan ma’nan komil siymosi qalblarda barhayotdir!