O‘zbekiston xalq artisti To‘ychi Oripov vafot etdi
12 iyun kuni Toshkentda 91 yoshda O‘zbekiston xalq artisti Mirhosil To‘ychi Oripov vafot etdi.
A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr san’ati institutining (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at instituti) aktyorlik fakulteti bitiruvchisi Qo‘qon va Toshkent shahridagi Hamza nomidagi teatrlarda, Toshkentdagi Abror Hidoyatov nomidagi teatrda faoliyat yuritgan.
To‘ychi Oripov «Qutlug‘ qon» (Hakimboyvachcha), «Boy ila xizmatchi” (Solixboy), «Kelinlar qo‘zg‘oloni» (Mahkam) , «Abu Rayhon Beruniy» (Mahmud G‘aznaviy), «Qiyomat qarz» (No‘’mon Nazarov), «G‘ariblar» (Leviskiy), «Yulduzli tunlar» (Shayboniyxon) spektakllaridagi rollari bilan tomoshabinlar yuragidan joy olgan.
“El yurt hurmati” ordeni sohibi “Dev bilan pakana”, “Osmondagi bolalar”, “Bomba”, «Nol variant», «Abdullajon», «Dahoning yoshligi », «Olovli yo‘llar», «Shum bola», «Kutmaganing yoningda», «Sayyod ko‘ng‘irog‘i» filmlarida ham rollar ijro etgan.