“Al-Qoida” Yamanning sobiq prezidenti boshi uchun 20 kg oltin mukofot beradi
Saudiya Arabistoni hududida harakat olib boradigan “Al-Qoida” tashkiloti husiychilar boshlig‘i Abdul Malik al-Xutiy va Yamanning sobiq prezidenti Ali Abdulla Salahni o‘ldirgan yoki tutib keltirgan kishi uchun 20 kg oltin berishni va’da qildi. Bu haqda Reyter xabar bergan.
Bu haqdagi e’lon terrorchilarning saytida ham joylashtirilgan.
Biroz oldinroq, husiychilarning yetakchilaridan biri, Abdul Malik al-Xutiyning akasi havo zarbalari natijasida halok bo‘lgani aytilgan edi.