O‘zbekiston oltin qazib olish bo‘yicha dunyoda 7-o‘rinni egalladi
AQSh geologiya xizmati dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekistonda 102 tonna oltin qazib olingan, deb yozadi «UZ24» Mining-journal.com nashriga tayanib.
2013 yilda O‘zbekiston 98 tonna oltin ishlab chiqarib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida sakkizinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2014 yilda 102 tonna bilan yettinchi pog‘onani band etdi.
Dunyoda oltin qazib olish bo‘yicha yetakchi davlatlar beshligiga Xitoy, Avstraliya, Rossiya, AQSh va Peru kirdi.
O‘zbekistonda oltin ishlab chiqarish bilan Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari shug‘ullanadi.