Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Soundtreck-Великолепный Век
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Ishq Ertagi - Title sound
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Qo'rqmas - soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Sentyabrdan O‘zbekistonda eng kam ish haqi 107635 so‘m etib belgilandi

31 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” farmoni e’lon qilindi.  
 Unga ko‘ra, Respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida:

2014-yilning 1-sentyabridan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,12 baravar oshiriladi.
 2014-yilning 1-sentyabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam ish haqi – oyiga 107 635 so‘mga teng bo‘ladi.

yoshga doir pensiyalar – oyiga 210 525 so‘m;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 210 525 so‘m;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 129 180 so‘m miqdorida belgilandi.
Farmonda belgilanishicha, ish haqi hamda pensiyalarga qo‘shilgan ustama va qo‘shimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa to‘lovlar 2014-yilning 1-sentyabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan  holda amalga oshiriladi.
 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, byudjetdan moliyalanadigan tashkilot hamda muassasalar bilan birgalikda pensiyalar, stipendiyalar hamda byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorini mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda o‘z vaqtida qayta hisoblab chiqishi ta’minlanadi.
 Byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning oshirilishi bilan bog‘liq sarf-xarajatlar respublika Davlat byudjeti va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Xo‘jalik hisobidagi korxona va tashkilotlar 2014-yilning 1-sentyabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqiga muvofiq, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat sarfini kamaytirish hisobiga ish haqi miqdorini oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 2-dekabrdagi PF-4582-sonli Farmoni (6-bandi istisno qilingan holda) 2014-yilning 1-sentyabridan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoev zimmasiga yuklandi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 7643 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Prezident, O‘zbekiston Respublikasi, eng kam ish haqi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Nargis0602 Buni yangilik disa bo'ladi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное