Prezident Islom Karimov Fransiya xalqiga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Fransiya Respubikasi Prezidenti Fransua Ollandga 2016 yilning 14 iyul kuni Nissa shahridagi terakt munosabati bilan samimiy hamdardlik izhor etdi.
Davlatimiz rahbari o‘z maktubida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani haqidagi fojiaviy xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qilganligini qayd etdi, qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohatlaganlarga hamdardlik so‘zlarini yetkazishni so‘radi.