O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Moskvadagi jome masjidning ochilish marosimiga taklif qilindi. Marosim 23 sentyabrga – Qurbon hayiti bayramiga mo‘ljallangan.
Taklif qilinganlar ichida Saudiya Arabistoni, Falastin, Iordaniya, Qatar, Quvayt, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Tojikiston, Eron va boshqa davlatlar rahbarlari bor.
“Izvestiya” nashrining yozishicha, tadbirda AQSh, Turkiya, Hindiston, Chad, Sudan, Liviya va Iroq delegatsiyalari ham ishtirok etadi.
Moskva jome masjidi Yevropadagi eng yirik masjidlardan biri bo‘lib, 1904 yilda qurilgan. Rekonstruksiya jarayonida uning maydoni 31.2 ming kv m gacha kengayadi. Erkak va ayollar uchun ibodat zallaridan tashqari, unda konferens-zal va ko‘rgazma galereyasi joylashadi. Jome masjidining yangi binosi besh qavatli bo‘ladi. U liftlar hamda imkoniyati cheklangan insonlar uchun barcha qulayliklar bilan ta’minlanadi.
|