O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Sayfutdinovich Ermatov «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqdagi O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning farmoni 31 dekabr kuni imzolandi.
"Mamlakatimizning sport sohasidagi shon-shuhratini yuksaltirish, xalqaro maydonda o‘zbek futboli nufuzini oshirish, milliy futbol hakamlari maktabini rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari hamda yosh avlodni ona-Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun O‘zbekiston futbol federatsiyasining xalqaro toifadagi hakami, FIFA referisi Ravshan Sayfiddinovich Irmatov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlansin", deyiladi farmonda.