Ravshan Ermatov Avstraliya - BAA uchrashuvini boshqaradi
O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi Osiyo Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan Avstraliya va BAA terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni boshqarib boradi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar beradi.
27 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Ermatovga qanotlarda Abduhamidillo Rasulov (O‘zbekiston) hamda Bahodir Qo‘chqorov (Qirg‘iziston) yordam berishadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik referi bungacha Osiyo Kubogi-2015 bahslarida uchta uchrashuvda, jumladan musobaqaning ochilish o‘yini Avstraliya - Kuvayt, 2-tur doirasida Qatar va Eron hamda 3-tur doirasidagi Yaponi hamda Iordaniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarni boshqargan edi.