“Al-Qoida” jangarilari Suriya shimolida 40 kishini qatl etdi
“Al-Qoida”ning Suriyadagi bo‘linmasi – “Jibhat an-Nusra” terrorchilik guruhi mamlakat shimoli-g‘arbidagi Idlib viloyatida joylashgan Qalb-Loza qishlog‘ining 40 aholisini qatl etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Qishloqda etnokonfessional ozchilik – druzlar istiqomat qilardi. Qishloqni bosib olgan jangarilar mahalliy aholidan o‘z qizlarni xotinlikka berishni, 10-14 yoshlardagi o‘smirlarni esa jangari guruhga qo‘shilishni talab qilishgan.
Ushbu talablarga rad javobi berilganidan so‘ng terrorchilar odamlarni, xususan, yosh bolalar va qariyalarni bevosita ko‘chada otib tashlashgan.
Ma’lumot uchun, Idlib viloyatida so‘nggi vaqtlarda “Jibhat an-Nusra” jangarilar va hukumat qo‘shinlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar tinimsiz davom etmoqda. Janglar viloyatning bir necha tumanlarida yuz bermoqda.