IShID jangarilari Suriyada ommaviy qatl uyushtirdi
Suriyada o‘rnashgan IShID jangarilari mamlakat shimoli-g‘arbidagi aviabazada asirlikdagi 56 nafar suriyalik harbiyni ommaviy ravishda otib tashladi.
Ushbu aviabaza shu yilning sentabr oyi boshida jangarilar tomonidan bosib olingandi.
Inson huquqlari himoyasi bo‘yicha Suriya markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu qatl marosimi Idlib viloyatidagi Abu-az-Zuxur aviabazasida amalga oshirilgan.