Buyuk Britaniya huquqni muhofaza qilish muassasalari musulmon imomning qotilligida gumon qilinayotgan erkakka nisbatan ayblov e’lon qilishdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Kelib chiqishi suriyalik bo‘lgan Abdulhodiy Arvoniy ismli imom avtomobil ichidan o‘lik holda topilgan. U ko‘kragiga o‘q uzilgani oqibatida halok bo‘lgan. Qotillikni amalga oshirishda gumon qilinayotgan 36 yoshli Lesli Kuper ismli britaniyalik hibsga olingan.
Imomning qizi Ilhom Arvoniyning aytishicha, imom Suriya prezidenti Bashar Asadni ochiqchasiga tanqid qilgan. Imomning qarindoshlari bu holat qotillikka sabab bo‘lmaganligini aytishmoqda.