Lavrov Suriyada rossiyalik harbiylar borligini tasdiqladi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rossiyalik harbiylarning Suriya hududiga joylashtirilgani haqidagi ma’lumotlarni tasdiqladi. Bu haqda RIA "Novosti" xabar bergan.
"Suriya hududida rostdan ham rossiyalik harbiylar mavjud va ular bir necha yillardan buyon Suriyada bo‘lib turishibdi. Ularning Suriyada bo‘lishi zarurati IShID va boshqa terrorchi guruhlarga qarshi kurashayotgan kuchlarni Rossiya qurol-yarog‘i bilan ta’minlab turish bilan bog‘liq", deydi Lavrov.
Uning aytishicha, rossiyalik mutaxassislar Suriya askarlariga harbiy ta’lim berish bilan g‘am shug‘ullanishadi.
Lavrovning qayd etishicha, Moskva keyingi davrlar mobaynida ham Damashqqa yordam ko‘rsatishni davom ettiradi.