Rossiyaning 154-alohida komendantlik Preobrajensk polki harbiy xizmatchilari 3 sentyabrda yapon bosqinchilari va fashizmga qarshi g‘alabaning 70 yilligi munosabati bilan Pekinda bo‘ladigan G‘alaba harbiy paradining oxirida ishtirok etadilar. Paradlar o‘tkazish an’analariga ko‘ra paradning oxirida chiqish eng faxrli hisoblanadi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. “Paradlar tarixini ko‘radigan bo‘lsak, unda eng faxrlisi paradni yopish hisoblanadi. Chunki asosiy e’tibor aynan oxirgi harbiy bo‘linmaga qaratiladi, ulardan keyin esa texnika o‘ta boshlaydi. Bugun paradga tayyorgarlik paytida Rossiyaning parad bo‘linmasi o‘tganda xitoyliklar uni guldiros qarsaklar ostida olqishlashganda men bundan mag‘rurlandim. Haqiqatan ham bu juda yoqimli”, deb aytdi 1-faxrli qorovul sardori, 28 yoshli kapitan Dmitriy Bobrov. Paradda uchta vzvoddan iborat Rossiya rotasi ishtirok etadi. Katta miqyosdagi parad Pekindagi Tyananmen maydonida 3 sentyabrda bo‘lib o‘tadi. Paradda 12 mingga yaqin harbiy xizmatchi va 500 dona texnika ishtirok etadi. Paradda o‘nta davlat, jumladan Rossiya va Qozog‘istonning harbiy delegatsiyalari qatnashadi. Quyida ushbu paradga tayyorgarlik jarayonidan lavhalar keltirilgan.