Halabda Turkiyaning uchuvchisiz samolyoti urib tushirildi
Suriya havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlari Halab shahridan shimolda qayd qilingan dronni urib tushirdi.
Suriyaning “al-Vatan” gazetasida yozilishicha, qurilma Turkiyaga tegishli bo‘lib, uning vazifasi Suriya qo‘shinlarining harakatini kuzatish hamda to‘plangan ma’lumotlarni jangarilarga berish bo‘lgan.
O‘tgan hafta Suriya qo‘shinlari Latakiya shahri yaqinida AQShga tegishli dronni urib tushirgan edi.