Turkiyadagi Adimlar jurnali tahririyatida portlash sodir bo‘ldi
Istanbuldagi Adimlar jurnali tahririyati binosida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Sabah xabar bermoqda.
Tergovchilar bu portlashni terakt sifatida baholashgan. Dastlabki taxminga ko‘ra, gaz quvuri orqali porlash yuz bergani aytilgan edi.
Portlash natijasida tahririyatning Unsal Zor ism-sharifli xodimi halok bo‘lgan. Yana uch nafar xodim jarohatlangan.
Ma’lumot uchun, Adimlar jurnali turklarning “Buyuk Sharq islomchilar fronti” nomli radikal tashkiloti bilan aloqalarga ega hisoblanadi.