Bag‘dodda sodir etilgan qo‘poruvchilik oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lumot bermoqda.
Aytilishicha, shaharning ikki joyida ikkita mashina portlatib yuborilgan. Birinchi portlash Iroq poytaxtining janubi-g‘arbiy qismidagi bozorda, ikkinchisi esa shaharning sharqida sodir bo‘lgan.
Kecha AQShning Arbil shahridagi konsulligi yaqinida ham qo‘poruvchilik sodir etilgan bo‘lib, portlash natijasida 1 kishi halok bo‘lgan edi.