Iroqda Ramazon hayitini nishonlash paytida 21 kishining hayotiga zomin bo‘lgan portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Bomba o‘rnatilgan avtomobil Bog‘doddan shimoli-sharqiy tomonda joylashgan Xan-Bani-Saad shahridagi gavjum bozorlardan birida portlatilgan.
Portlash oqibatida kamida 50 kishi yaralandi.