Iroq Erondan harbiy yordam olishi mumkinligi ma’lum qilindi
Iroq Mudofaa vaziri Xolid al-Obeydi IShID jangarilariga qarshi kurashda hukumat qo‘shni davlat bo‘lmish Erondan yordam so‘rashdan tortinmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Vazirning aytishicha, mamlakat ayni vaqda urush holatida turibdi va Iroqqa AQShdan ham, Erondan ham birdek yordam qabul qilinaveradi.
Iroqlik vazir vaziyat jangarilar bilan mavjud vaziyat hozircha nazorat ostida turganligini qayd etgan.