Iroq poytaxtidagi teraktlar oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi
12-iyul, yakshanba kuni Bag‘dodda sodir etilgan teraktlar oqibatida kamida 28 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Bog‘dodning asosan shia musulmonlari istiqomat qiladigan qismida ikkita mashina portladi. Yana bir portlashni o‘zini ham halok etgan terrorchi amalga oshirdi.