Rossiyada polisiyadan qochayotgan o‘zbekistonlik balandlikdan qulab halok bo‘ldi
4 aprel oqshomida Rossiyaning Petropavlovsk-Kamchatka hududida, “Galant-Plaza” savdo markazining yuqori qavatidan 33 yoshli o‘zbekistonlik yiqilib tushib, halok bo‘ldi. Bu haqda kam24.ru nashri xabar qilgan.
Xabarda aytilishicha, marhum Kamchatka hududida noqonuniy tarzda faoliyat olib borayotgan mehnat muhojiri bo‘lgan va shu binoda ishlagan.
“Ichki ishlar xodimlari ikki mehnat muhojirining janjallashayotgani haqida xabar topib, voqea joyiga yetib borgan. Urishayotganlaridan biri qocha turib, balandlikni hisobga olmasdan bino yuqorisidan sakramoqchi bo‘lgan va pastga qulab, shu joyning o‘zida olamdan o‘tgan. Janjallashayotganlarning ikkinchisi esa hibsda saqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Bu holat tasviri WhatsApp messenjeri bo‘ylab tarqalgan.