Rossiyada fohishaxona tashkil etgan o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi
Rossiyaning Kaluga viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Jinoyat qidiruv bo‘limining uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tezkor-qidiruv tadbirlari davomida saunalardan birida tashrif buyuruvchilarga “intim-xordiq” deb ataluvchi xizmatni tashkil etgan 48 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi.
Kaluga viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, fohishalarning 1 soatlik xizmati 3,5–4 ming rublni tashkil qilgan.
Qo‘lga olingan ayol ushbu saunada ma’mur bo‘lib ishlagan. Undan hech qaerga chiqib ketmaslik haqida tilxat olingan. Ayni paytda ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.