Rossiyadagi muhojirlarning eng katta qismi o‘zbekistonliklardir
Oxirgi ikki yil ichida Rossiyaga tashrif buyurgan muhojirlarning eng katta qismi o‘zbekistonliklardir. Bu haqda Moskva inson huquqlari byurosi hisobotida aytildi.
Ta’kidlanishicha, hisobot davrida O‘zbekistondan Rossiyaga 2.3 mln, Tojikistondan esa 1 mln kishi tashrif buyurgan. Muhojirlarning ko‘pligi ayrim qiyinchiliklarni tug‘dirayotgani, xususan, ularni ish bilan ta’minlash, daromadlarini legallashtirish, mahalliy aholi bilan kelishib yashashini ta’minlash borasida ko‘p ish olib borish talab qilinadi.