O‘zbekistonlik muhojirlarning Isroilda ish topishi osonlashadi
O‘zbekistonlik muhojirlarning Isroilda ish topishi osonlashadi
Isroil bilan mehnat migratsiyasi sohasida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
Mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi 2022 yil 25-27 iyul kunlari Isroil amaliy tashrifni amalga oshirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Tashrif davomida, O‘zbekiston hukumati bilan Isroil hukumati o‘rtasida Isroil mehnat bozoridagi maxsus sektorlarda o‘zbekistonlik ishchilarni vaqtinchalik ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi bitim va ushbu bitimni amalga oshirish bayonnomasi imzolandi.
Mazkur hujjatlar tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishga qaratilgan va O‘zbekiston fuqarolarini Isroil hududida tashkiliy, xavfsiz va qonuniy mehnat olib borishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
Ayni paytda 10 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Isroilda, asosan, keksalarga qarash va patronaj sohasida o‘z mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda.