2015 yilda Rossiyadagi o‘zbekistonliklar soni qariyb 112 ming kishiga qisqardi
Rossiya Federal migratsiya xizmati taqdim etgan statistik ma’lumotlarga qaraganda, 2015 yilning aprel oyida mamlakatda O‘zbekistonning 2 104 100 fuqarosi mehnat qilmoqda.
Shuningdek, Rossiyada 507 400 Qirg‘iziston fuqarosi va 971 800 nafar Tojikiston fuqarosi mehnat qilmoqda.
Ayni paytda, iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi tufayli vaqtinchalik ishchilar tez sur’atda mamlakatdan chiqib ketmoqda. Jumladan, O‘zbekiston fuqarolarining qayd qilingan miqdori joriy yilning birinchi choragi ko‘rsatkichlariga nisbatan 111 700 kishiga, 2014 yil aprelidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan esa 300 700 kishiga kamroqdir. Shuningdek, boshqa davlatlardan kelgan ishchilar ham o‘z yurtlariga qaytib ketmoqdalar.
RosBizKonsalting o‘tkazgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, Rossiyadan chiqib ketayotgan O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjon fuqarolarining o‘rniga Ukraina, Qozog‘iston, Xitoy va Belarus fuqarolari kirib kelmoqda.