Rossiyada o‘zbekistonlik o‘g‘rilar kattasi qo‘lga olindi
Moskvada Guram Tashkentskiy laqabli o‘g‘rilar sardori qo‘lga olindi. U giyohvand moddalar savdosida ayblanmoqda.
Rossiya IIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, 39 yoshli jinoyatchining asl ismi Gyursel Sayfulov. Uning uyida o‘tkazilgan tintuvda giyohvand moddalar topildi.
Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.