Isroilda ozish uchun elektron tabletkalar ixtiro qilindi
Isroilning MelCap Systems muhandislari va olimlari ortiqcha vazndan aziyat chekuvchi odamlarga jarrohlik muolajasisiz ozishga yordam beradigan inqilobiy “nanotabletka”ni ixtiro kilishdi.
Daily Mail nashrining yozishicha, ushbu ixtiro suv bilan ichib yuborish mumkin bo‘lgan oddiy tabletkaga o‘xshaydi. Biroq bu qurilma jarrohlik yo‘li bilan oshqozonga kiritiladigan va ishtahani tartibga soluvchi asabga yolg‘on ma’lumot beruvchi implantant – oshqozon stimulyatoriga o‘xshash ishlaydi.
Ushbu tabletka tashqaridan smartfon orqali boshqariladi.
Ushbu qurilmaning narxi hozircha noma’lum, biroq u 15 ming dollar turadigan oshqozon stimulyatoridan qimmat bo‘lmasligi aytilmoqda. Qurilmani klinik sinovlardan o‘tkazish joriy yilda boshlanadi.