2 avgust kuni G‘azo sektoridan Isroil hududiga 2ta raketa uchirildi. Bu haqda Jerusalem Post nashri yozmoqda.
Raketalardan biri, bevosita mamlakat hududiga kelib tushdi, ikkinchisi esa shimoliy chegara yaqinida portlab ketdi. Qurbonlar haqida ma’lumot berilmadi.
Eslatib o‘tamiz, may oyining oxirida Isroil harbiy havo kuchlari G‘azo sektoriga bir nechta zarbalar bergan edi. aviahujumlar Falastin qarshilik harakati bazalarini nishonga olgan edi. Hujum paytida qurbonlar soni 1 822 kishini tashkil qilgan edi. Isroil, o‘z navbatida 64 askar va 3 nafar oddiy fuqarosini yo‘qotgan edi.