2016 yildan Rossiyada muhojirlar yoppasiga daktiloskopiya amaliyotidan o‘tadi
Rossiya Federal migratsiya xizmati mamlakat hududiga kirish punktlarida chet elliklarning barmoq izlarini olish uchun maxsus komplekslar o‘rnatadi. Bu haqda “Izvestiya” gazetasi yozmoqda.
Nashrda ta’kidlanishicha, yangi tartib ilgariroq deportatsiya qilingan, endilikda ism-sharifini o‘zgartirib mamlakat hududiga kirishga harakat qilayotgan shaxslarni aniqlash imkonini beradi.
Ayni paytda daktiloskopik ekspertiza faqat vizasiz mamlakatlardan tashrif buyurgan muhojirlar ishlash ruxsatnomasini olishi paytida qo‘llanadi.
Endilikda boshqa davlatlar fuqarolari ham bunday sinovlarga duchor bo‘lishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, ayni paytda Rossiyaga kirish 400 punkt orqali amalga oshirilmoqda, ularning yarmi yo‘lovchilarga mo‘ljallangandir. Ularning barchasi daktiloskopik uskunalar bilan ta’minlanishi dasturi 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan.