2016 yilda Rossiyada yangi onalarga beriladigan pul miqdori oshiriladi
2016 yilda Rossiyada yangi onalarga beriladigan pul miqdori oshiriladi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Olga Golodes ma’lumot berdi.
“Aytish kerakki, 1 yanvardan onalik kapitali 475 ming rublni tashkil qiladi”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.
Onalik kapitali dasturi Rossiyada 2007 yildan buyon amal qilib kelmoqda. Unga ko‘ra, ikki va undan ortiq bolaga ega yoki kamida bir nafar bolani asrab olgan yosh onalar moddiy yordam oladi. Joriy yilda ushbu yordam puli miqdori 453 ming rublni tashkil qilgan edi. Keyingi yildan bu miqdorga 22 ming rubl qo‘shiladigan bo‘ldi.