Rossiyalik ayol 7 yil davomida o‘zining o‘lmaganini isbotlashga urinib keldi
Rossiyaning Krasnodar o‘lkasining Krimsk shahrida yashovchi 63 yoshli ayol 7 yil davomida o‘lgan deb hisoblangan. Ayol iichki ishlar organlari va FHDYoda o‘lgan deb topilganiga qaramasdan, endigina prokuratura orqali o‘zining tirikligini isbotlashga muvaffaq bo‘ldi.
Qrim tumanlararo prokuraturasi ayolning shikoyati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazdi.
Qrim FHDYo bo‘limi 2007 yil milisiyaning shaxsi aniqlanmagan murdani tekshirish bayonnomasiga asoslanib, ayolning ismi-sharifi, tug‘ilgan yilini ko‘rsatgan holda o‘lganini qayd qilgan edi.
Ismi oshkor etilmayotgan ayol bir necha marta mansabdor shaxslarga bu qarorni qayta ko‘rib chiqishni talab qilib murojaat qilgan, biroq ular hech qanday chora ko‘rmaganlar.
Ayol yozma tarzdagi murojaatlariga o‘lim haqidagi dalolatnomalar faqatgina sud qarori bilan bekor qilinishi mumkinligi haqida javob olgan.
2014 yil avgustidan ayolga pensiya berish to‘xtatib qo‘yilgan.
Prokuratura bu vaziyatga aralashgandan keyin, o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvi bekor qilindi, ayolning huquqlari tiklandi va berilmagan pensiyalar to‘liq to‘landi.
Prokuratura FHDYoning aybdor xodimlarini intizomiy javobgarlikka tortishni taklif qildi. Polisiya esa 7 yil avval topilgan murdaning shaxsini boshqatdan aniqlashga kirishib ketdi.