Yunusobod tumanida fohishaxona saqlagan ayol qo‘lga olindi
2017-yil 11-iyul kuni, taxminan soat, 22:40 larda, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Dilnoza Muratova Yunusobod tumanidagi o‘z xonadonida fohishaxona saqlab, 50 ming so‘m pul evaziga fuqaro “K” va “G” larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi .
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.