Iroqda qo‘poruvchilik natijasida 10 nafar polisiyachi halok bo‘ldi
Iroqda sodir etilgan qo‘poruvchilik harakati 10 nafar polisiyachining hayotini olib ketdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi.
Bundan tashqari, huquq-tartibot organlarining yana 7 nafar xodimi jarohatlangan.
Anbar viloyat kengashi a’zosi Atal al-Faxdavning so‘zlariga qaraganda, ar-Ramadi shahrida IShID jangarilari bilan to‘qnashuvlar hanuzgacha davom etmoqda.