Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Turkiya Iroqning noroziligida uchinchi tomonning ta’sirini ko‘rdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lining fikricha, Iroq hukumatining mamlakat hududiga Turkiya qo‘shinlarining kiritilishiga norozilik bildirishida uchinchi tomonning ta’siri bor. Bu haqda u 24 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Vazir qaysi davlatlarni nazarda tutganini aniq aytmadi.
Chovusho‘g‘lining fikricha, Iroqqa Turkiya qo‘shinlarining yuborilishiga sabab “yaxshi ma’lum: mashg‘ulot va maslahat”. Uning ta’kidlashicha, Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadiyning o‘zi Turkiyadan bir necha bora IShIDga qarshi yordam so‘ragan.
Turkiya qo‘shinlari Iroqqa 4 dekabr kuni kirdi. Reuters agentligining ma’lum qilishicha, harbiy qismlar mamlakat shimoliga, Mo‘sul shahriga tashlangan. Qo‘shilmaning tarkibi 150 harbiy xizmatchi va 20-25 tankdan iboratligi aytilmoqda.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 4102 | Рейтинг: 1| Рейтинг: TURKIYA, Iroq, norozilik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное