Turkiyada avtohalokatga uchragan to‘y mashinasida kelin va kuyov halok bo‘ldi
Turkiyaning Usmoniya viloyatida sodir bo‘lgan avtohalokatda 8 kishi qurbon bo‘ldi.
Viloyatning Bog‘cha tumanida sodir bo‘lgan fojia tafsilotlari Turkiye Gazetesi nashri bayon qilingan. Mikroavtobus kelin va kuyovni, shuningdek, ularning yaqinlarini to‘y marosimiga olib ketayotgan paytda unga yuk mashinasi kelib urilgan. Mashina ichidagi 8 kishi, ular ichida to‘yi bo‘layotgan adanalik kelin Mashalloh Yigitalp va mardinlik kuyov Sedat Yavuzlar ham halok bo‘lgan.
Fojia tufayli to‘y marosimi azaga aylandi. Tantanalar qoldirilib, Yigitalp va Yavuz oilalari vafot etgan farzandlarini so‘nggi manzillariga kuzatishdi.