Ozodbek Nazarbekov to‘ylardagi jonli ijro haqida fikr bildirib o‘tdi
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Sayyod.com bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda to‘ylardagi jonli ijro haqida fikr bildirib o‘tdi.
“To‘ylarga chaqiradigan odamlarning ko‘pchiligi “To‘yga bir o‘zingiz kelib ketsangiz bo‘ldi” deyishadi. Sozandalar va jonli ijro uchun ketadigan pulni hech kim to‘lamaydi. Deyarli hech kim to‘yda jonli ijro qiling deb talab qilmaydi. Oxirgi bir yarim yil ichida to‘ylarda faqat jonli kuyladim. Umuman farqini sezganim yo‘q. Bizda san’atkorlarga “feys” uchun, ya’ni “to‘yga shuni olib keldim” deyish uchun pul to‘lanadi.”, – dedi Ozodbek Nazarbekov.